Gulbahor - Ishing tushmasin
- Просморено: 33
- Размер MP3: 6.46 MB
- Длительность MP3: 2:49
- Качество MP3: 320 kbps, Stereo
- Дата релиза: 11.08.2026
Текст песни
Davlating borida do'stlar parvona
Yo'qlikda qadrdon bo'lar begona
Boshga g'am tushganda qolsang yagona
O'zingdan o'zgaga ishing tushmasin
Dardingni dasturxon qilma har kasga
Qadringni tushirib teng bo'lma xasga
Qo'lingni cho'zmagin nomard u pastga
O'zingdan o'zgaga ishing tushmasin
Yolg'onchi dunyoning rostlari kamdir
O'zgadan kutganing doimo g'amdir
Minnatli marhamat bari sitamdir
O'zingdan o'zgaga ishing tushmasin
G'ururing toptatma, egma hech qachon
Minnatli osh yesang, ortta na dijon
Yoningda qolmasa bitta mard inson
O'zingdan o'zgaga ishing tushmasin
O'zgalar eshigin qoqma sarg'ayib
Kimsaga yalinma yuzing qorayib
Qolsa ham bu dunyo ko'zga to'rayib
O'zingdan o'zgaga ishing tushmasin
Yo'qlikda qadrdon bo'lar begona
Boshga g'am tushganda qolsang yagona
O'zingdan o'zgaga ishing tushmasin
Dardingni dasturxon qilma har kasga
Qadringni tushirib teng bo'lma xasga
Qo'lingni cho'zmagin nomard u pastga
O'zingdan o'zgaga ishing tushmasin
Yolg'onchi dunyoning rostlari kamdir
O'zgadan kutganing doimo g'amdir
Minnatli marhamat bari sitamdir
O'zingdan o'zgaga ishing tushmasin
G'ururing toptatma, egma hech qachon
Minnatli osh yesang, ortta na dijon
Yoningda qolmasa bitta mard inson
O'zingdan o'zgaga ishing tushmasin
O'zgalar eshigin qoqma sarg'ayib
Kimsaga yalinma yuzing qorayib
Qolsa ham bu dunyo ko'zga to'rayib
O'zingdan o'zgaga ishing tushmasin